Qaytish
"UAT" MChJda xarid faoliyatini yaxshilash maqsadida seminar bo'lib o'tdi
1056
19.05.2023 18:07

2023 yil 18 may. "XT-XARID Technologiyalari" elektron platformasi mutaxassislari xarid faoliyati sohasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida "UAT" MCHJ xodimlari uchun seminar o'tkazdilar.

"XT-XARID Technologiyalari" elektron platformasi xodimlari Kosimov shukron va Maxsudxo'jayev Said-Asror Uzbekistan Airways Technics uchun ikkinchi marta seminar o'tkazmoqda.

Korxona tomonidan seminarda "UAT"MCHJ bo'limlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Ushbu seminarning maqsadi mutaxassislarning malakasini oshirish va xarid faoliyati sohasidagi yangiliklarni muhokama qilish edi.

Seminar davomida elektron platforma xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi dolzarb o'zgarishlar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-son farmoni yoritildi, unga ko'ra 1-apreldan boshlab tanlov va tenderlar ishtirokchilarining takliflari QQS hisobga olinmagan holda baholanadi.

Seminar davomida tinglovchilarda savollar paydo bo'ldi, ularga batafsil javoblar olindi.