Qaytish
Moalem Aviation aviakompaniyasining havo kemasini "UAT"MCHJ bazasiga texnik xizmat ko'rsatish uchun keldi
1196
27.03.2023 12:42

"Uzbekistan Airways Technics" MCHJ Moalem Aviation aviakompaniyasining Airbus A300C4-203f havo kemasini texnik xizmat ko'rsatishga qabul qildi. Ushbu samolyot C8-check formatida ishlaydi, bu texnik xizmat ko'rsatish shakli murakkab va taxminan 25 kalendar kun davom etadi.

Ushbu samolyot qirg'iz aviakompaniyasiga tegishli bo'lib, u bilan "UAT" MCHJ birinchi marta hamkorlik qilmoqda. Moalem Aviation aviakompaniyasi bilan tanishish Dubay shahrida (BAA) bo'lib o'tgan MRO Middle East 2023 xalqaro ko'rgazma – konferensiyasida bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada ishtirok etish "UAT" mas'uliyati cheklangan jamiyatining havo kemalariga xizmat ko'rsatish bozorida ta'sir doirasini sezilarli darajada kengaytirishga imkon berdi, bu esa mijozlar sonining ko'payishi bilan tasdiqlanadi.

BIZNING YERDAGI FAOLIYATIMIZ - SIZNING SAMODAGI XAVFSIZLIGINGIZ VA DADILLIGINGIZDIR!